Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida yashovchi 20 yoshli D.A. sodir etganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan D.A. internet foydalanuvchilariga “Telegram” messenjerining “Arzon narxli uylar” nomli guruhi orqali, fuqarolarga Toshkent shahridan arzon narxda ijaraga xonadon topib berishini vaʼda qilgan holda ularni qiziqtirib, oldindan boshlangʻich toʻlov sifatida ularning pullarini oʻzining bank kartasiga oʻtkazib olib, soʻng yozishmalarni oʻchirib yuborib, qingʻir yoʻllar bilan boylik orttirib kelayotganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, D.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.