Mazkur tartib Prezidentimizning 2023 yil 11 sentyabrdagi “O'zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida belgilangan.
Hujjatga ko'ra, “O'zbekiston – 2030” strategiyasining suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo'nalishi doirasida 2023 yil 1 noyabrdan boshlab ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan obyektlarga nisbatan moliyalashtirish, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to'xtatib turish mexanizmi joriy etiladi.
Yana bir muhim jihat: ekologik huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan zararni qoplash bilan bir qatorda, zarar yetkazilgan tabiat obyektini tiklash va uning muayyan muddat davomida muhofaza qilinishini ta'minlash majburiyati ham yuklatiladi.