Mazkur koʻrgazma SHHTga aʼzo davlatlardan kelgan rassomlarning ijod namunalaridan iborat boʻldi. Ijodkorlarga sertifikatlar topshirildi va ragʻbatlantirildi. Oʻz navbatida xorijlik rassomlar Oʻzbekistonning turistik salohiyatini yuqori baholab, yuksak eʼtibor, eʼtirof va takrorlanmas taassurotlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Maʼlumot uchun, “Ijodiy asarlarimizda Samarqand ruhi” koʻrgazmasi va xalqaro plenerda ishtirok etish uchun Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston kabi SHHTga aʼzo davlatlarning iqtidorli va nufuzli rassomlari Samarqandga taklif etilgan, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.

Ijodkorlarning eng sara asarlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan SHHT sammitida namoyish etiladi.