2020/2021 oʻquv yiliga respublika oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun oʻtkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari tegishli oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilindi.

Respublika oliy taʼlim muassasalarining alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida hujjat topshirib, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar oʻzlarining talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmaganligi toʻgʻrisidagi natijalar bilan tegishli oliy taʼlim muassasasining RASMIY VEB-SAYTI orqali tanishishlari mumkin.