Ular aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishib, murojaat va muammolarni mahallaning o‘zida hal etishga harakat qilmoqda.
2025-yilning o‘tgan davrida ijtimoiy xodimlar tomonidan uyma-uy yurib o‘rganish orqali 5 479 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro aniqlandi. Ular orasida 1 575 nafar nogironlik guruhi belgilanmagan shaxslar, 1 798 nafar protez-ortopediya vositalariga muhtojlar, 837 nafar vasiylik va homiylik belgilanmagan bolalar va 447 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolar mavjud.
Joriy yilning birinchi yarmida aholining ehtiyojmand qatlamiga 104 turdagi 136 594 ta ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatilib, 8 601 nafar fuqaroning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi ta'minlandi. Saxovat va ko‘mak jamg‘armasi hisobidan 4,5 mlrd so‘mlik 3 419 ta moddiy yordam berildi.
Buguni kunda Qoraqalpog‘iston xududida 69 369 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs yashamoqda. Shundan 10 810 nafari — bolalar. Ular uchun reabilitatsiya, ta'lim va tibbiy xizmatlar tizimli ravishda ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, 3-18 yoshdagi 9 907 nafar nogironligi bo‘lgan bolalardan 86,4% — 7 471 nafar bola ta’lim muassasalariga qamrab olindi. Shuningdek, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya faoliyati doirasida 3 281 ta ariza ko‘rib chiqilib, 2 022 nafar bolaga xulosa berilib, ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirildi.
Prezident qarori asosida tashkil etilgan «Kunduzgi parvarishlash xizmati» hozirda Nukus shahri va 6 ta tumanda o‘z faoliyatini boshladi. Unda 69 nafar bola qamrab olingan. Avgust oyi oxiriga qadar barcha tumanlarda ushbu xizmat yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Nukus shahrida ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar uchun «Kichik hajmli bolalar uyi» tashkil etilmoqda. Qoraqalpog‘istonda 2024-yilda 71 nafar yetim bola turar joy bilan ta’minlandi. Joriy yilda yana 87 nafar bolani uy-joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Joriy yilda 101 393 nafar fuqaroni (22 131 oila) kambag‘allikdan chiqarish maqsad qilingan. 36 400 dan ortiq oila kambag‘allik reestriga kiritilib, 32 902 ta individual rejalar ishlab chiqildi va 172 733 ta xizmat turi shakllantirildi.
Yoqilg‘i-energiya resurslari narxlarini bosqichma-bosqich bozor mexanizmiga o‘tkazish davrida ehtiyojmand oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 17 788 oilaga 2,4 mlrd so‘mlik kompensatsiya, 74 026 oilaga 19,9 mlrd so‘mlik bir martalik moddiy yordam berildi.
Aholining ijtimoiy himoyasi borasida olib borilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar har bir inson taqdiriga befarq bo‘lmaslik, inson qadrini yuksaltirish, jamiyatda adolatni qaror toptirishga xizmat qilmoqda.
Minajatdin QUTLЫMURATOV,
«Yangi O‘zbekiston» muxbiri.








