Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori BAA Hukumat ishlari vaziri bilan muzokaralar o'tkazdi

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Hukumat ishlari vaziri Muhammad al-Gergaviy bilan muzokaralar o'tkazdi.

    Dubay shahridagi uchrashuvlar davomida Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati ishlari vazirligi va aholini ijtimoiy himoya qilishga oid jamg'armalar rahbariyatlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev butun xalqaro hamjamiyat kuzatib borayotgan adolatli davlat siyosati olib borayotgani yuksak e'tirof etildi.

    Uchrashuvda ijtimoiy himoya sohasidagi davr qahramoni bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha “Umid uyg'otuvchi”, shuningdek, insonlarning dunyoqarashi va kayfiyatini yanada oshirish yuzasidan “Yosh kitobxonlar harakati” loyihalarini amalga oshirish takliflari muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunida Agentlik va Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari vazirligi o'rtasida aholini ijtimoiy himoya masalalarida qo'shma tadbirlarni hamkorlikda hal etish bo'yicha o'zaro ishchi guruhlarini tuzish va “Harakatlar rejasi”ni ishlab chiqish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.