Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy faollik sari

    Dilfuza Matyoqubova bundan 4-5 oy oldin xorijda ishlash uchun chiqib ketgandi.

    Dilfuza Matyoqubova Yangiariq tumanning «Gulbogʻ» mahallasida istiqomat qiladi. Oilaviy sharoiti tufayli bundan 4-5 oy oldin xorijda ishlash uchun chiqib ketgandi. Bugun Dilfuza opa oʻz ona vataniga qaytib, oilasi, farzandlari bagʻrida oʻz sevgan kasbi bilan shugʻullanmoqda.

    Xalq deputatlari Yangiariq tuman kengashi deputati, Yangiariq tuman oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Barno Qoʻchqorovaning amaliy yordami bilan Dilfuza Matyoqubovaga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi.

    Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori ijrosi boʻyicha oʻz xonadonida «Salomatlik markazi» tashkil etib berildi. Bu orqali Dilfuza opa nafaqat oʻzi, balki mahalladoshlari salomatligini taʼminlashga ham hissasini qoʻshadi.