Ijtimoiy himoyaga muhtojlarga bayram sovg'alari ulashildi

    “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi hamda uning Urganch shahar bo'linmasi tashabbusi bilan Urganch shahrida Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik shodiyona kunlari oldidan “Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida madaniy, ma'rifiy xayriya tadbiri o'tkazildi.

    Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'rsida”gi qarori ijrosi doirasida Urganch shahrida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironligi bo'lgan shaxslar, yolg'iz, kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan 50 ta oila holidan xabar olinib, ularga fond mablag'lari hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari, bayram sovg'alari ulashildi.

    Qolaversa, nogironligi bor, o'zgalar e'tibori va parvarishiga muhtoj bo'lgan fuqarolar holidan ham xabar olinib, ularga nogironlar aravachasi berildi, deb xabar beradi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi matbuot xizmati.