Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga koʻra, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga oʻtishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

"Ijtimoiy karta" axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy toʻlovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlarini bosqichma-bosqich toʻliq avtomatlashtirish;

— ijtimoiy yordamga muhtoj toifadagi fuqarolarning ijtimoiy xizmatlardan, yordam va toʻlovlardan, shuningdek davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning boshqa choralaridan foydalanish uchun hujjatlarni yigʻish zaruratini bekor qilish;

— davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini manzilli, qisqa muddatlarda, masofadan turib hamda proaktiv tarzda olish imkoniyatini berish;

— ijtimoiy sugʻurtalashni joriy qilish doirasida raqamli servislarni rivojlantirish orqali davlat va tadbirkorlar oʻrtasida hamkorlik qilishni soddalashtirish;

— respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahalla darajasida davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashini amalga oshiruvchi davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish.