Hozirgi kunda mamlakatimizda bunday kanallardan bir nechtasi aniqlangan boʻlib, ularni yurituvchilari xorij davlatlaridan turib faoliyat koʻrsatadi.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan ushbu va boshqa turdagi jinoiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi barcha kanallarning yurituvchilarini elektron manzillari aniqlanib, oʻrnatilgan tartibda xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazilyapti.
Tekshiruv yakunlari yuzasidan tovlamachilik qilayotgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʻriladi.
Afsuski, hozirgi kunda mazkur jinoiy kanallarni bloklashning texnik imkoniyatlari mavjud emas. Shuning uchun kanallar nomi oshkor etilmaydi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.
Shu oʻrinda, xabar orqali fuqarolardan oʻzlarining shaxsiy hayotiga aloqador boʻlgan maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga qoʻymaslikni yoki begona guruh va kanallarga tarqatmaslikni, aks holda tovlamachilarning qurboniga aylanishi mumkinligi eslatib oʻtiladi.