Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoyozuv yuzasidan axborot

    Xavfsizlik 1 Iyul 2020 2884

    IIV Jazoni ijro etish boshqarmasining ma'lumotiga ko'ra videotasvirda aks etgan murda 1975 yilda tug'ilgan fuqaro Xidirov Farrux Anvarovich.

    Mahkum Xidirov F.A. 27.11.1975 yilda YAngiyo'l shahrida tug'ilgan, millati o'zbek, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma'lumoti o'rta, oilasiz, vaqtincha ishsiz, muqaddam 4 marotaba sudlangan. Qamalgunga qadar: Toshkent viloyati, YAngiyo'l tumani, Bahor MFY, Navro'z ko'chasi, 2-uyda istiqomat qilgan.

    18.10.2010 yilda YAngiyo'l shahar sudining hukmiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi JKning 273m 5q, 164m 2q “a” bandi bilan 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. O'zbekiston Respublikasi JKning 34 moddasiga asosan o'ta xavfli retsidivist deb topilgan.

    Joriy yilning 5 iyundan buyon bir qator ichki kasalliklari tufayli mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan 23-sonli kasalxonada davolanib kelgan.

    Davolanishiga qaramasdan 2020 yil 18 iyun` kuni soat 05:45larda, kasalxonaning terapiya bo'linmasida “O'pka sili IV klinik bosqichi (limfa tugunlari tarqoq kattalashishi, orofarengial kandidoz, noma'lum etiologiyali uzoq davom etuvchi isitma, tana vazni kelganga nisbatan 10%dan ortiq kamayishi, diareya” tashxisiga ko'ra vafot etgan. Murda prokuratura organlari tomonidan tekshirilgan, tan jarohatlari aniqlanmagan, holat yuzasidan tegishli ekspertiza tayinlangan.

    Video tasvirda ko'rinayotgan qizarishlar bu murda dog'i bo'lib, tan-jarohatlariga aloqasi yo'q.

    Mahkum F.A.Xidirov kasallik tashxisi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi IIV va SSVning hamkorlikdagi 2008 yil 13 avgust kunidagi 1854-sonli Qarorida ko'rsatilgan kasalliklar ro'yxatiga to'g'ri kelganligi sababli sud muddatini kutayotgan bo'lgan.

    Ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda, natijasi haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi.

    Fuqarolarimizdan yolg'on xabarlarni tarqatmasliklarini, jurnalistlarimizdan esa ma'lumotlarni rasmiy manbalardan tekshirib so'ng e'lon qilishlarini hamda jamoatchilikka noto'g'ri xabarlarni etkazishdan o'zlarini tiyishlarini so'rab qolamiz.

    IIV Axborot xizmati