Ijtimoiy tarmoqqa video joylashishga harakati oʻlim bilan tugadi

    Joriy yilning 9-aprel kuni Istanbul viloyati Fotih tumanida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarolari Instagram tarmogʻiga toʻpponcha bilan video olib joylamoqchi boʻlgan.

    22 yoshli S.Gebbarov honadoshi va oʻrtogʻi U.Rahmatilloyev tomonidan otib qoʻyilgan.

    S.Gebbarov bosh qismiga olingan oʻq natijasida oʻsha yerda vafot etgan. U.Rahmatilloyev esa mahalliy politsiya tomonidan ushlangan.

    U.Rahmatilloyevning koʻrsatmasiga koʻra, ikki oʻrtoq arafa kuni birgalikda iftor qilib, gaplashib oʻtirishgan. S.Gebbarov toʻpponcha bilan video olmoqchi boʻlgan. U.Rahmatilloyev toʻpponchani oʻqsiz deb oʻylab bilmasdan otib qoʻygan.

    Vafot etgan vatandoshimizning jasadini mamlakatimizga yuborish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.