15 Mar 2025
09:01

    Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qoʻshimcha grant ajratiladi

    Mazkur imtiyoz abituriyent roʻyxatdan oʻtishda tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga hamda ushbu taʼlim yoʻnalishiga kirishda Davlat komissiyasi tomonidan davlat grantiga belgilangan minimal oʻtish bali va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlarga nisbatan qoʻllaniladi.

    Hukumat qaroriga koʻra, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan 10 foizgacha boʻlgan miqdorda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan toifadagi abituriyentlar (keyingi oʻrinlarda — belgilangan toifadagi abituriyentlar) uchun davlat granti asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari ajratiladi.

    Bunda muayyan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat grantiga oʻtish balining 80 foizi va undan yuqori ball toʻplagan belgilangan toifadagi abituriyentlar ajratilgan davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda talabalikka tavsiya etiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech