Mazkur videolavha Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan oʻrganildi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida aniqlanishicha, joriy yilning 26-mart kuni Gʻijduvon tumanida yashovchi N.T. ismli shaxs ikki nafar voyaga yetmagan qarindoshlari O.X. va S.X.lar bilan Buxoro shahridagi “Sitorai-Moxixosa” tarixiy muzey majmuasiga sayohatga kelishgan va haqiqatdan ham muzey hovlisida yurgan tovus qushining ikki dona patini yulib olgan.

Ushbu holat yuzasidan voyaga  yetmagan O.X.ning onasi G.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismi (bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, deb yozmoqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.