U ikki fuqaroning cho‘kish xavfi ostida qolganini ko‘rib, zudlik bilan yordamga shoshildi. Vaziyatning o‘ta xavfliligiga qaramay, kapitan Otabek Hakimov suvga tushib, fuqarolardan birini kanal qirg‘og‘iga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Ko‘rsatilgan tezkor va amaliy yordam natijasida ikki fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Ularga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shundan so‘ng shifoxonaga yetkazildi.
Xizmat vazifasini bajarish chog‘idagi jasorati, tezkorligi va fidokorona harakatlari uchun kapitan Otabek Hakimov munosib rag‘batlantirildi.
U pul mukofoti hamda esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.