Ikki kishi “zombi virusi” tufayli hayotdan ko'z yumdi

    Ikki amerikalik erkak “zombi virusi”dan vafot etdi. Ular zaharlangan bug'u go'shtini yeyishgan, deb xabar beradi Daily Mail.

    Mutaxassislar bir kun oldin o'lim darajasi deyarli 100 foiz bo'lgan kasallik bug'ulardan odamlarga yuqishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Endi bu nazariya tasdiqlandi.

    Nashrning yozishicha, 72 yoshli erkakda “ongida chalkashlik va tajovuzkorlik”, shuningdek, sudorogi paydo bo'lgan. U bir oy ichida vafot etdi. O'limidan keyin unga miya yetishmovchiligi tashxisi qo'yilgan. Ovchining o'rtog'i ham xuddi shu tarzda vafot etdi.

    Ushbu virusga qarshi davo yoki vaksinalar hali mavjud emas. Ta'kidlanishicha, bu kasallik juda yuqumli va bir zumda bir hayvondan butun podaga tarqaladi. Mazkur virus AQShning kamida 32 shtatida, Kanadaning to'rtta viloyatida va to'rtta xorijiy davlatdagi hayvonlarda aniqlandi, deb xabar beradi astanatv.kz.