Ikki marta “Oskar” mukofoti sohibi boʻlgan Ennio Morrikone olamdan oʻtdi

    Madaniyat 6 Iyul 2020 3394

    Bugun dunyoga mashhur italiyalik kompozitor Ennio Morrikone 91 yoshida olmadan oʻtdi.

    “La Gazzetta dello Sport” saytining xabariga koʻra, “Bir kuni Amerikada”, “Professional”, “Pianist haqida afsona” kabi qator filmlarning musiqiy kompozitsiyalari muallifligi va boshqa bir necha musiqiy albomlari uchun ikki bor(2007 va 2016-yillari) “Oskar mukofotiga sazovor boʻlgan.

    Ennio 1978-yili futbol boʻyicha Argentinada oʻtkazilgan jahon chempionatining musiqasining muallifi hisoblanadi.