Ikki nafar kafilning mulklari xatlandi

    Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida kredit qarzdorligi bor fermer xoʻjaligining ikki nafar kafilining mulklari hatlandi.

    Majburiy ijro byurosi Fargʻona viloyati boshqarmasi, viloyat tijorat banklari va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ishchi guruhlar tuzilib, sud qarorlari boʻyicha qarzdorliklarni undirish choralari koʻrilmoqda.

    Xususan, Fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻzbekiston tumanlararo sudining tegishli ijro varaqasiga asosan qarzdor “Habibullaev Nurullo” fermer xoʻjaligidan 1 mlrd 378 mln miqdorida kredit qarzdorligi undirish hamda undiruvni qoʻshimcha qarzdorlarning garov mulki sifatida qoʻyilgan mol-mulklarga qaratish haqidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Oʻzbeksiton tuman boʻlimi ish yurituviga qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishildi.

    Fermer xoʻjaligi rahbari belgilangan ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlikni bartaraf etmagani sababli garov mulklari boʻlgan:

    1.“MERCEDES BENZ SPRINTER” rusumli avtotransport vositasi

    2.Qoʻshimcha qarzdor Gʻ.U.ga tegishli Savdo doʻkoni bino-inshootlari

    3.Qoʻshimcha qarzdor J.Y.ga tegishli dala shiyponi bino-inshootlari tegishli tartibda roʻyxatga olinib hatlandi.

    Majburiy ijro byuro organlari tomonidan bu kabi amaliy tadbirlar viloyat boʻylab davom etmoqda.