Mehribonlik uyining ikki nafar sobiq tarbiyalanuvchisi uyli boʻldi

    Ijtimoiy hayot 28 Aprel 2023 1494

    Bugun Fargʻona shahrining Qirguli massivida Mehribonlik uyining ikki nafar sobiq tarbiyalanuvchisi Davlatimiz rahbarining sovgʻalari – xonadonlar kalitlari topshirildi.

    Margʻilon shahridagi 1-son Mehribonlik uyi sobiq tarbiyalanuvchilari Roza Qodirova va Doniyorjon Ergashev bugundan boshlab oʻz uylariga ega boʻldi.

    Davlatimiz rahbari tomonidan ajratilgan mablagʻ hisobiga xarid qilingan va oʻz nomlariga rasmiylashtirilgan xonadonlar kalitlarini viloyat hokimidan qabul qilib oldilar.

    Yangi xonadon egalarining quvonchlari bir olam, ular berilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar uchun Prezidentimizga cheksiz minnatdorchiliklarini izhor qildilar.

    Maʼlumot uchun: Fargʻona viloyatida 2021-yili 18 yoshga toʻlgan 29 nafar, 2022-yilda 17 nafar yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoshlarga koʻp kvartirali uy-joylardan kvartira taqdim etilgan boʻlsa, bu yil 20 nafar yigit-qiz taʼmirlangan va toʻla jihozlangan uy-joylar egasiga aylanishmoqda.