Ikki nafar og'ir atletikachimiz Olimpiya o'yinlari yo'llanmasiga ega chiqishdi

    Sport 26 May 2024 517

    Akbar Jo'raev va Rigina Adashbaeva Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasiga ega chiqishdi.

    Xalqaro og'ir atletika federatsiyasi Olimpiya tsikli yakunlariga ko'ra Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan sportchilar ro'yxatini e'lon qildi.

    Quvonarlisi, O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Akbar Jo'raev hamda Rigina Adashbaeva musobaqa ishtirokchilari qatoridan joy olishdi.

    Unga ko'ra, Jo'raev -102 kg, Adashbaeva esa -81 kg vazn toifasidagi bahslarda Olimpiada medallari uchun kurash olib borishadi. Saralash davri davomida Tokio-2020 chempioni Jo'raev 400 kg, Adashbaeva esa 243 kg natija qayd etishga muvaffaq bo'lgan.