Ikki nafar yosh qilichbozimiz jahon reytingida peshqadamga aylandi

    Sport 6 Yanvar 2024 1686

    Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi 2024-yil yanvar oyi uchun yosh toifalarida sportchilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.

    Unda Dilnaz Murzatayeva shpaga, Fernanda Errera esa sablya yoʻnalishida reyting peshqadami sifatida eʼtirof etildi.

    Jamoaviy dasturda esa sablyachi yigitlarimiz birinchi, qizlarimiz ikkinchi, shuningdek, shpagachi qizlarimiz uchinchi oʻrinda qayd etilgan. Shaxsiy reytingda kuchli oʻnlikdan joy olgan hamyurtlarimizning holati bilan tanishing:

    Shpaga, qizlar:
    1. Dilnaz Murzatayeva (Oʻzbekiston) – 131.5 (ochko)
    9. Shahzoda Egamberdiyeva (Oʻzbekiston) – 62

    Yigitlar:
    1. Muhammad Yosin (Misr) – 189.250
    6. Meyirxan Timurov (Oʻzbekiston) – 49

    Sablya, qizlar:
    1. Fernanda Errera (Oʻzbekiston) – 166
    6. Gulistan Perdebayeva (Oʻzbekiston) – 96
    7. Ayakoʻz Jumamuratova (Oʻzbekiston) – 91

    Yigitlar:
    1. Dari Lukashenko (Ukraina) – 129
    3. Islombek Abdazov (Oʻzbekiston) – 119.5
    4. Azizbek Dauletnazarov (Oʻzbekiston) – 116.250