Hindiston arxeologiya boshqarmasining Agra shahri boʻyicha boshligʻi Vasant Kumar Savarnkarning aytishicha, bu borada cheklovlar mavjud: majmua hududiga bir vaqtning oʻzida 650 nafargacha kishi kirishiga ruxsat beriladi, tashrif buyuruvchilar niqob taqib yurishlari shart.
Eslatib oʻtamiz, koronavirus infeksiyasining avj olishi oqibatida shu yilning 15-aprel kunidan boshqa tarixiy obidalar qatori majmua ham tashrib buyuruvchilar uchun yopilgan edi.