Toshkent — Samarqand oraligʻida “Afrosiyob” qatnovi koʻpayadi

    Transport 24 Sentabr 2020 1469

    Toshkent — Samarqand — Toshkent yoʻnalishida “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi koʻpayib boryapti.

    Yoʻlovchilarga koʻproq transport xizmatlarini koʻrsatish maqsadida joriy yil 26-sentyabrdan boshlab, haftasiga ikki marotaba, shanba va yakshanba kunlari Toshkent-Samarqand-Toshkent yoʻnalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdining qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

    Izoh: Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.