Holat yuzasidan poytaxt IIBB maʼlot berdi.
Aniqlanishicha, shu yilning 16-iyun kuni taxminan soat 21.00 larda Bektemir tumani Chashma mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar oʻzaro kelishmovchilik sababli janjallashgan. Natijada ikki nafar fuqaro yengil darajadagi jarohat olgan. Janjalni koʻrgan boshqa fuqarolar ularni ajratgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taminlanadi.