Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan xabarga koʻra, hodisa joriy yilning 24-noyabr kuni, Uchtepa tumani 22-mavzesidagi koʻp qavatli uylar oldida sodir boʻlgan.
Aniqlanishicha, 1992-yilda tugʻilgan D.Sh. otasi 1963-yilda tugʻilgan X.M. bilan birga davlat raqami 70 R 300 SA boʻlgan Tracker rusumli avtomashinasiga turmush oʻrtogʻi 2000-yilda tugʻilgan M.A.ni oʻtkazib nomaʼlum tomonga olib ketgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida M.A. qonuniy turmush oʻrtogʻi bilan oilaviy kelishmovchiligi sababli 1 nafar farzandini turmush oʻrtogʻida qoldirib uydan chiqib Toshkent shahriga ketib qolganligi, uni turmush oʻrtogʻi D.Sh. qidirib, yuqoridagi manzildan topganligi hamda Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi oʻzining uyiga olib borganligi aniqlandi.
Hozirda M.A. oila davrasida sogʻ-salomat ekanligini maʼlum qilamiz.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. M.A. va uning oilasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlari tomonidan toʻliq oʻrganilmoqda. Tekshiruv yakuni boʻyicha aybdor shaxslarga qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.