Samimiy muloqot shaklida bo'lib o'tgan uchrashuvda Markaz rahbari E.Tulyakov elchi K.Obolenskiyni O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ichki va tashqi siyosatning mazmun-mohiyati, Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlarning natijalari, shuningdek «Taraqqiyot strategiyasi» markazining maqsad va vazifalari, faoliyat ko'lami bilan yaqindan tanishtirib o'tdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar Shveytsariyaning O'zbekistondagi elchixonasi va «Taraqqiyot strategiyasi» markazi o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini ham atroflicha muhokama qilishdi. Jumladan, ikki mamlakat o'rtasidagi istiqbolli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakatning «aql markazlari» o'rtasida doimiy tajriba almashilishining yo'lga qo'yilishidan manfaatdor ekanliklarini ta'kidlab, Shveytsariya va O'zbekiston mutaxassislari hamda ekspertlari ishtirokida qo'shma tadbirlar o'tkazishga kelishib olishdi.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi
Axborot xizmati