➖ Aslida ikki tomonlama pnevmoniya kelib chiqishida virus, bakteriyalar yoki zamburug'lar sababchi bo'ladi. Virus, bakteriya yoki zamburug'lar keltirib chiqaradigan ikki tomonlama pnevmoniya kasalligi shu keltirib chiqaruvchi infektsiya yuqish yo'llariga qarab yuqumli hisoblanadi.
Bugungi kunda virus kasalliklari dolzarb bo'lib qolgani bois, biz havo tomchi orqali yuquvchi kasalliklardan ko'proq xavotirlanishni boshladik. Aslida bakteriyalar, zamburug'lar va oddiy hujayrali parazitlar ham o'z o'rnida yuqumli hisoblanadi. Ularning yuqish yo'li havo tomchi orqali bo'lmasligi mumkin, lekin organizmga tushgan bunday infektsiya turlari pnevmoniya kabi o'tkir kasalliklarni keltirib chiqaradi.
YOki parazitlar inson organizmi immun tizimi pasayishini kutib yotadi. Immun tizimi pasaysa, bu infektsiya joylashgan a'zosini jarohatlab kasallik chaqiradi. SHu bois, biz doimiy ravishda infektsiyalardan o'zimizni himoya qilishimiz, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishimiz, sog'lom turmush tarzini yuritgan holda to'g'ri va muqobil ovqatlanishimiz, engil jismoniy faollikni doim bajarib yurishimiz zarur.