"Hududgaz Poytaxt" tomonidan Sergeli va Yangihayot tumanlarida bir kunga gaz ta'minoti o'chiriladi. Shu munosabat bilan ko'rsatib o'tilgan hududlarning ayrim joylarida issiq suv ta'minoti bo'lmaydi.

"Veolia Energy Tashkent" MCHJ XK uchun issiqlik energiyasi yetkazib beruvchi 8-IM issiqlik markazida  vaqtincha gaz ta'minoti o'chirilgan.

Quyidagi manzillarda issiq suv ta'minotini uzatish vaqtincha to'xtatilgan:

Yangi Sergeli, Mexrigiyo, Qipchoq, Sug'diyona chinor, Davlatobod, Do'stlik, Mirzo Tursunzoda, Jaxonaro, Qo'rg'ontepa, Sergeli 1-8a, Yo'ldosh 1-18a, Do'stlik 1, 2.

Mas'ullarning aytishicha, gaz ta'minoti tiklanishi bilan issiq suv uzatish darhol tiklanadi. Ushbu holat 5 aprel soat 8.00ga qadar kuzatiladi.