Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.R. fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, oʻzi va uning tanishini 38 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishi va viza olib berishini aytib, kelishilgan pullar hisobidan 52 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Navoiy shahri boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro L.Q.ning ishonchiga kirib, uni Meksika davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 14 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.