Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻqon shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.A. fuqaro A.Gʻ.ning ishonchiga kirib, oʻzi va uning turmush oʻrtogʻini tanishlari yordamida Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, evaziga 12 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shu kabi, Departamentning Oltinkoʻl tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.O. fuqaro G.I.ning ishonchiga kirib, uni 15 500 AQSH dollari evaziga Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 4 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Departamentning Izboskan tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.A. fuqaro N.X.ning ishonchiga kirib, oʻzi va uning turmush oʻrtogʻini Latviya davlatiga ishga yuborishini aytib, evaziga 4 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.