баннер
26 Apr 2025
20:33

    Ikki viloyatda yashirin yogʻ ishlab chiqarish sexi fosh etildi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatida qoʻlbola usulda yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻullanish holati aniqlandi.

    Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “B.” MCHJ rahbari Sh.S. xonadonida yashirin sex tashkil etib, qoʻlbola usulda yogʻ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 2,6 tonna chigit, 2 tonna yogʻ, 40 litr hajmli yelim idishlar va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Shuningdek, Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.T. “Choshtepa” MFY hududidagi xonadonida juvoz uskunasida qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 114 litr yogʻ, 262 kg chigit, 3 dona dvigatel, 5 dona 200 litr hajmli yelim idishlar va boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech