Bunda abituriyentlar my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtishi mumkin.

Bunda nomzodlar platformada:

oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;

diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;

oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Qabul natijalari esa har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.

Maʼlumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi. Yaʼni, bakalavriat 4 yil boʻlsa, ikkinchi mutaxassislik – 3 yil.

Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.