“Ikkinchi xotin”ga gʻamxoʻrlik qiling” mazmunidagi reklama noqonuniy deb topildi

    Biznes 3 Fevral 2023 1267

    Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bu kabi noqonuniy reklamalarga qatʼiy ravishda qarshiligini maʼlum qildi.

    Respublikamiz hududlaridagi tashqi reklama va axborot vositalari orqali “Elmakon” savdo belgisining “Ikkinchi xotin”ga gʻamxoʻrlik qiling” mazmunidagi reklamalari joylashtirilganligi maʼlum boʻldi.

    Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bu kabi noqonuniy reklamalarga qatʼiy ravishda qarshiligini maʼlum qildi.

    “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasiga asosan, reklama va axborot vositalaridan foydalangan holda milliy va oilaviy anʼanalarga, shuningdek axloq va maʼnaviyatning umum qabul qilingan normalariga zid boʻlgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

    Oʻz navbatida, yuqoridagi holat qoʻmita tomonidan nazoratga olingan va ularni bartaraf qilinishi taʼminlandi.