Gap shundaki, bu basseyn ikkita koʻp qavatli uyning oʻrtasida — binolarning yuqori qismida joylashgan. Basseynning usti ochiq boʻlib, xonadon egalari unda choʻmilish, birinchi binodan ikkinchisiga suzib oʻtish imkoniyatiga ega. 35 metr balandlikdan oʻrin olgan mazkur basseyn shaffof akrildan yasalgan.
Loyiha muallifi — Kiran Timberleyk. Shuningdek, loyihani amalga oshirishda HAL Architects studiyasi, Arup hamda Eckersley OʻCallaghan kompaniyalari muhandislari ham hissa qoʻshishdi.
AQSHning Reynolds Polymer Technologies kompaniyasi esa akrildan uzunligi 25 metrli vanna yasab berdi. Uning devorlari qalinligi 35 santimetrni tashkil etadi. Bu esa basseynning 148 tonna suv bosimiga chidamli boʻlishini taʼminlaydi.
Basseynga parallel tarzda piyodalar koʻprigi ham qurilgan. Bu suvga shoʻngʻishni hush koʻrmaydigan, shunchaki bir binodan narigisiga oʻtmoqchi boʻlganlarga ayni muddao.