— Tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomam yoʻqolganligi sababli FHDYO boʻlimiga murojaat qildim. Shunda menga tegishli boʻlgan 2 ta bir xil tugʻilganlik toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvi mavjudligi aniqlandi. Bundan kelib chiqadiki, menga ikkita guvohnoma berilgan, shundaymi?
D.Rasulov.
— Yoʻq. Bu fuqarolik dalolatnoma yozuvlarining biri siz tugʻilgan vaqtda, 1952-yilda rasmiylashtirilgan. Ikkinchisi 1959-yildagi tiklangan dalolatnoma yozuvi hisoblanadi.
Bu holatda siz FHDYO boʻlimidan takroriy guvohnomani dastlabki, yaʼni 1952-yildagi tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi boʻyicha olishingiz mumkin. Dalolatnoma yozuvida yozuvlar bir xil boʻlsa ular tuzilgan joydagi FHDYO boʻlimi tomonidan arizangizga asosan bekor qilinishi mumkin.
Agarda topilgan dalolatnoma yozuvlarida familiya, ism, ota ismi, tugʻilgan sana, ota-ona toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda jiddiy farq boʻlsa, tiklangan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari sudning qarori bilan bekor qilinadi.