Ikkita viloyatda quyosh elektr stansiyalarini qurish uchun investorlar aniqlandi

    Energetika 20 May 2021 3783

    2021-yil 20-mayda Samarqand va Jizzax viloyatlarida har birining quvvati 180-220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr (quyosh) stansiyalarini (QFES) qurish loyihalari bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi.

    Elektr energiyasining har bir kVt soatiga 1,57 sent taklifi bilan Abu Dhabi Future Energy Company PJSC (Masdar 220 MVt) kompaniyasi Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘olibi deb topildi.

    Loyihalar doirasida har bir ishlab chiqaruvchi investor quyosh elektr stansiyasini, shuningdek 220 kVli yangi podstansiyani qurishi kerak.

    Mazkur tender savdolarida 84 ta xalqaro kompaniya ishtirok etish istagini bildirgan. Shulardan ikki bosqichli tanlovdan o‘tganidan so‘ng 15 ta malakali ishtirokchilar takliflarni, shu jumladan tijorat, texnik va moliyaviy takliflarini bildirishdi.

    2021-yil 16-mayiga qadar takliflarni qabul qilish davomida Samarqand viloyatida 7 ta loyiha va Jizzax viloyatida 8 ta loyiha taklifi kelib tushdi.

    Ushbu loyihalar O‘zbekistonda umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish dasturining bir qismi xisoblanib, u Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda. Dasturga Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) texnik yordam ko‘rsatadi.

    Dastur qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli strategiyaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib xisoblanadi. 2030-yilga borib mamlakatda elektr energiyasiga o‘sib borayotgan ehtiyojni qondirish uchun 5 GVtgacha tejamkor va ekologik toza quyosh energiyasini ishlab chiqarish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.