Il-76 harbiy samolyoti Ivanovo viloyatida halokatga uchradi

    Il-76 harbiy-transport samolyoti Ivanovo viloyati (Rossiya Federatsiyasi)dagi aerodromdan havoga ko'tarilayotganda halokatga uchradi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.

    “Samolyotda sakkiz nafar ekipaj a'zosi va yetti nafar yo'lovchi bo'lgan”, deyiladi departament xabarida.

    Samolyot rejalashtirilgan parvozni amalga oshirishi kerak edi, falokat Moskva vaqti bilan soat 13:00 atrofida yuz berdi.

    Halokatga dvigatellardan birida yuzaga kelgan yong'in sabab bo'lgan.

    Rossiya harbiy-havo kuchlari oliy qo'mondonligidan kelgan komissiya aerodromga uchib ketdi, deb xabar beradi ria.ru.