Vazirlik axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Optika va Kondensirlangan holat fizikasi ixtisosliklari boʻyicha Ilgʻor texnologiyalar markazida Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim instituti ochilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot Oliy Attestatsiya Komissiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga yuborildi.
Oʻz navbatida Ilgʻor texnologiyalar markazi Innovatsion rivojlanish vazirligining Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimida (phd.mininovation.uz) roʻyxatdan oʻtadi.