Ushbu badiiy film ikkinchi jahon urushi davrida roʻy bergan hayotiy voqealarga asoslangan. Unda besh oʻgʻilni oʻstirib ulgʻaytirgan va ularni urushda yoʻqotgan ona Zulfiya Zokirovaning dardi, alamli kechinmalari va azoblari tasvirlangan.

- Oldinda Gʻalabaning 76 yilligi yaqinlashib kelmoqda. Oʻtgan yili xuddi shu vaqtda katta premyerasi oʻtkazilgan “Ilhaq” filmi nafaqat oʻzbek kinomuxlislari, balki rusiyzabon tomoshabinlarda ham katta qiziqish uygʻotgandi.

Oʻshanda film ijodkorlari nomidan keyingi yil Gʻalaba bayramigacha filmni rus tilidagi variantini ham taqdim qilamiz deb vaʼda bergan edik. Mana vaʼdamizning ustidan chiqayapmiz. Filmning rus tilidagi varianti keng namoyishlarga tayyor. Yaqin kunlarda ingliz tilidagi subtitrli versiyasini ham taqdim qilamiz.

“Ilhaqni”ni nafaqat vatanimizda, balki qoʻshni davlatlar Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻizistonda ham namoyish qilish niyatidamiz, - dedi film rejissyori.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati