Ilhom Aliyev: Armaniston Ozarbayjon bilan qurollanish poygasiga dosh berolmaydi

    Armaniston qurol-yarog'ni tekin yoki kredit asosida etkazib beruvchi G'arbning yordamiga qaramay, qurollanish poygasiga dosh berolmaydi.

    Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev VGTRK va RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib o'tdi.

    “Men bu halokatli yo'l, deb hisoblayman. Birinchidan, Armaniston biz bilan qurollanish poygasiga dosh bera olmaydi. Garchi ular G'arbdan qurol-yarog'larning ko'p qismini bepul yoki kreditga olishlariga qaramay, ular tabiiy ravishda hisobdan chiqariladi. Ammo bu holatda ham ular biz bilan qurollanish poygasiga dosh bera olmaydi”, dedi u.

    Iyun oyida Fransiya Mudofaa vazirligi rahbari Sebastyan Lekornyu Parij Kiyevga yetkazib bergan Fransiyaning CAESAR o'ziyurar artilleriya tizimlarini sotib olish bo'yicha Armaniston Fransiya bilan shartnoma imzolaganganini ma'lum qilgandi.

    Shundan so'ng Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Fransiya rasmiylari shu yo'l bilan Janubiy Kavkazda provokatsion faoliyat olib borayotganini va Armaniston va Ozarbayjon o'rtasidagi munosabatlarning normallashishiga, mintaqada barqaror tinchlikni ta'minlashga to'sqinlik qilayotganini ma'lum qildi, xabar beradi ria.ru.

    Oktabr oyida Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati AQSh Yerevanga qurolli kuchlarni isloh qilishda yordam berishni va'da qilgani haqida xabar bergan edi.