Ilhom Aliyev: Armanistonning qurollanishi mintaqada yangi keskinlikni keltirib chiqaradi

    Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning fikricha, Armanistonning qurollanishi mintaqa uchun tahdid manbai va yangi keskinlikka olib keladi.

    “Armanistonning qurollanishi shunchaki yangi keskinlikka olib keladi. Biz buni xohlamaymiz. Biz tinchlikni xohlaymiz. Biz urush sahifasi o'girilishini istaymiz. Biroq, biz Armanistonning o'zi ham, uning yangi homiylari ham buni xohlamasligini ko'rib turibmiz. Ular revanshistik g'oyalar bilan yashayapti va Armaniston aslida mintaqa uchun tahdid manbaidir”, dedi Ilhom Aliyev mahalliy telekanallarga bergan intervyusida.

    Uning so'zlariga ko'ra, Ozarbayjon Armanistonning qurollanishini shunchaki chetdan kuzatib turmaydi. “Armaniston zudlik bilan qurollanishni to'xtatishi kerak. Frantsiya va uni qurol bilan ta'minlovchi boshqa davlatlar bu shartnomalarni bekor qilishlari kerak. Armanistonga yetkazib berilgan qurollar qaytarilishi kerak. Bu bizning shartimiz”, deya ta'kidladi u.

    Ilhom Aliyev Yerevan Bokuning tinchlik shartnomasi shartlarini qabul qilishiga umid bildirdi, deb xabar beradi tass.ru.

    “Chunki ularda hech qanday g'ayrioddiy narsa yo'q, Minsk guruhini bekor qilish, [Armaniston] konstitutsiyasini o'zgartirish – busiz tinchlik shartnomasi mumkin emas”, deya qo'shimcha qildi u.