Ilhom Aliyev: AZAL layneri halokatining oldini olish mumkin edi

    Ozarbayjon Prezidentining fikricha, agar havo hududini yopish choralari o'z vaqtida ko'rilganida fojia yuz bermagan bo'lardi.

    Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning fikricha, Boku-Grozniy yo'nalishida parvoz qilgan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti halokatining oldini olish mumkin edi. Bu haqda u halok bo'lgan ekipaj a'zolarining oila a'zolari va avialaynerning tirik qolgan bort kuzatuvchilari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.

    Xususan, Ozarbayjon rahbarining so'zlariga ko'ra, “Agar o'z vaqtida Grozniy shahri hududida Rossiya havo hududini yopish choralari ko'rilganida” fojia yuz bermagan bo'lardi.

    Uning ta'kidlashicha, Boku adolatli tergov o'tkazilishini va aybdorlarning jazolanishini talab qiladi.

    Ilhom Aliyevning qayd etishicha, Ozarbayjon agar uning obyektivligiga ishonchi komil bo'lganda, Xalqaro aviatsiya qo'mitasi tomonidan samolyotdagi bort ovoz yozish moslamasi qayd etgan ma'lumotlarni shifrlashga rozi bo'lishi mumkin edi. “Biz bu tuzilma bilan bir necha o'n yillar davomida hamkorlik qilib kelganmiz va faol hamkorlik qilganmiz. Va bu tuzilma mohiyatan sobiq SSSRdagi aviahalokatlarni tekshirar edi”, dedi u.

    Prezident Braziliyada qora qutilardan ma'lumotlar shifrlanayotganini, uning so'zlariga ko'ra, bu sodir bo'lgan fojianing to'liq manzarasini qayta tiklash imkonini berishini aytdi, deb xabar beradi tass.ru.