Ilhom Aliyev: Fransiya, Hindiston va Gretsiya Yerevanni qurollantirar ekan, Boku qo'l qovushtirib turmaydi

    Fransiya, Hindiston va Gretsiya Armanistonni Bokuga qarshi qurollantirishiga Ozarbayjon qo'l qovushtirib turolmaydi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ADA universitetida o'tkazilgan anjumanda so'zlagan nutqida aytib o'tdi.

    “Fransiya, Hindiston va Gretsiya Armanistonni bizga qarshi qurollantirayotganda, biz kutib o'tirolmaymiz. Ular buni ochiq va ko'rgazmali tarzda amalga oshirib, hatto bizga nimadir isbotlamoqchi bo'lishyapti. Biz qo'l qovushtirib o'tira olmaymiz”, dedi davlat rahbari.

    Ilhom Aliyevning so'zlariga ko'ra, Ozarbayjon tomoni bu pozitsiyani Armaniston hukumati va “bugungi kunda Armanistonga g'amxo'rlik qilishga urinayotgan tomonlar”ga aniq yetkazgan, deb xabar beradi tass.ru.

    “Agar o'zimizga jiddiy tahdid borligini ko'rsak, jiddiy choralar ko'rishga majbur bo'lamiz”, dedi Ozarbayjon rahbari.