Ilk bor daktil nutqdagi darsliklar yaratildi

    Ta'lim 21 Sentabr 2020 2138

    Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ilk bor daktil nutqdagi darsliklar yaratildi.

    Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi axborot xizmati ma'lum qildi.

    Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar ta'lim muassasalarida tayyorlov sinflari tashkil etilgan hamda har o'quv yiliga mo'ljallangan o'quv rejadagi tayyorlov sinflari uchun o'quv fan soatlar ajratilgan bo'lsada, biroq, ular uchun darsliklar mavjud emas edi.

    Ilgari mazkur yo'nalishdagi maxsus maktab internatlarining o'quvchilari faqatgina daktil` nutq jadvalidan iborat tarqatma materiallardan foydalanib kelishgan. Bu yil aynan mana shu yo'nalishdagi tayyorlov sinf o'quvchilari uchun 7 nomda yangi darsliklar yaratildi.

    Ushbu darsliklar eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarni maktabga tayyorlov jarayonlaridan boshlab puxta ta'lim olishiga xizmat qilib, ta'limning keyingi bosqichiga mustahkam poydevor bo'la oladi.