Mutaxassislar va tadqiqotchilar COVID-19 ning “Omikron” shammidan zararlangan maymun buyragining hujayralari (Vero E6)ni elektron suratga olishga muvaffaq bo'lishdi. Suratlar katta va kichik o'lchamlarda e'lon qilindi.
Kattalashtirilgan suratda virus zarrachalarining toj shaklidagi “tikan”lari ko'rinib turibdi. Kichraytirilgan suratda esa hujayralarning tarkibida virus zarrachalari mavjud bo'lgan “shishgan pufakchalar” ta'sirida zararlangani aks etgan, deya xabar beradi mk.ru.