Ilk bor O'zbekiston vakili ETTB boshqaruvchilar kengashi raisining o'rinbosari etib saylandi

    Moliya 11 Oktabr 2020 1134

    ETTB tarixida birinchi marta boshqaruvchilar kengashi raisining o'rinbosari etib bankning O'zbekistondan boshqaruvchisi, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov saylandi.

    7-8 oktyabr` kunlari videokonferentsiya shaklida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig'ilishi o'tkazildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

    Yillik yig'ilish kun tartibidagi asosiy masala ETTB prezidentining saylovi bo'ldi. Ovoz berish natijalariga ko'ra Frantsiya Iqtisodiyot, moliya va tiklanish vazirligi G'aznachiligining bosh direktori Odil` Reno-Basso 2021-2024 yillar davri uchun ETTBning yangi prezidenti etib saylandi.

    “SHuningdek, ETTB tarixida birinchi marta Bankning oliy boshqaruv organi - boshqaruvchilar kengashi raisining o'rinbosari etib bankning O'zbekistondan boshqaruvchisi, O'zbekiston bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov saylandi”, - deyilgan xabarda.

    Yig'ilish doirasida davra suhbati tashkil etilib, uning davomida global va mintaqaviy iqtisodiyotning joriy tendentsiyalari, COVID-19ning ETTBga a'zo mamlakatlar iqtisodiyotiga ta'siri, bankning unga a'zo mamlakatlarni pandemiya bilan bog'liq muammolarni engib o'tishda qo'llab-quvvatlash bo'yicha faoliyati, shuningdek, 2021-2025 yillarga mo'ljallangan ETTB kapital qo'yilmalari va faoliyati bo'yicha Strategiyasi muhokama qilindi.

    Yig'ilish yakunlarida shuningdek, Bankning kelgusidagi istiqbollarini belgilab beruvchi bir qator qarorlar, shu jumladan, Iroqning ETTB aktsiyadorlari safiga qo'shilish bo'yicha buyurtmanomasini qabul qilish to'g'risidagi rezolyutsiya qabul qilindi.

    Evropa tiklanish va taraqqiyot banki 1991 yil 28 martda tashkil etilgan. SHtab-kvartirasi London shahrida joylashgan. O'zbekiston 1992 yil 30 apreldan beri ETTB a'zosidir. Hozirgi vaqtda uy-joy kommunal xizmatlari, energetika, yo'l ho'jaligi, irrigatsiya va ekologiya sohasida umumiy qiymati 1,0 mlrd dollardan ortiq bo'lgan bir qator loyihalar bank bilan birgalikda ishlab chiqilmoqda.