Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 20-oktyabrid boʻlib oʻtgan ŠKODA savdo belgisining ilk dilerlik markazi ochilishida brendning ilk avtomobili,

Volkswagen konsernining krossoverlar turkumidagi flagmani, 2021 model yiliga mansub ŠKODA KODIAQ toʻliq oʻlchamli yoʻltanlamasi taqdim etilgan edi. Avtomobillar mahalliy iqlim va ishlatilish sharoitlarini inobatga olgan holda maxsus ishlab chiqilgan va 2,0 litrli 180 ot kuchiga ega turbo dvigatel bilan boyitilgan.

Toʻliq oʻlchamli ŠKODA KODIAQ krossoveriga:

- Yurgan masofalarini inobatga olmagan holda 2 yillik kafolat muddati;

- Yurgan masofalarini inobatga olmagan holda lak va boʻyoq qoplamalariga 3 yillik kafolat;

- Yurgan masofalarini inobatga olmagan holda korroziyadan himoyaga 12 yillik kafolat, deb xabar beradi “Oʻzavtosanoat” AJ matbuot xizmati.