Ilk o'rta asrlarga oid oltin xazina topildi

    Norvegiyalik arxeologlar mamlakatning Lillexammer shahri yaqinida merovinglar davriga oid oltin xazinani topishdi.

    Lillexammer shahri yaqinida olib borilgan qazishmalarda qog'oz qalinligidagi 35 ta oltin tanga topildi. Tangalarda chiroyli kiyimdagi erkaklar va ayollar tasvirlari aks ettirilgan.

    Qayd etilishicha, bunday turdagi oltin tangalarning topilishi arxeologlar uchun juda kam uchraydigan hodisadir. Olimlarning fikricha, ashyolar topilgan joyda ilgari ibodatxona bo'lgan bo'lishi mumkin, deb xabar beradi rambler.ru.