Illinoys shtatida sport maydonchasi o'rtasida 30 metrlik ulkan “krater” hosil bo'ldi

    Amerikaning NBC News telekompaniyasi Illinoys shtatidagi (AQSh) g'aroyib voqea haqida xabar berdi.

    Sport maydonchalaridan birida kunduzi 30 metrli krater paydo bo'lib, guvohlar ko'z o'ngida chiroq ustunini yutib yubordi. U butunlay yer ostiga tushib ketib, izidan chang ko'tarildi. Baxtli tasodif tufayli hech kim jabrlanmadi.

    Rasmiylarning ta'kidlashicha, kraterning yuzaga kelishiga katta chuqurlikdagi konning o'pirilishi sabab bo'ldi. Ma'lum bo'lishicha, sport maydonchasi ostidagi chuqurlikda New Frontier Materials kompaniyasiga tegishli ohaktosh koni bor.

    Chuqurlik Gordon Mur bog'i hududida yuzaga keldi. Atigi besh yil avval parkni obodonlashtirish uchun 5 000 000 dollar sarmoya kiritilgandi. Hozirda mavjud vaziyat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda va uning asl sabablari aniqlanmoqda. Mutaxassislar kon va o'rani tekshirmoqda va uni ta'mirlash ishlarini olib boryapti. Ehtimol, ohaktosh qazib olishga ixtisoslashgan kompaniya o'z mablag'lari hisobidan sport maydonchasini qayta tiklash uchun to'lovlarni amalga oshirishi mumkin, deb xabar beradi techcult.ru.