R.Qoʻziyev fidokorona mehnati bilan yurtimiz qishloq xoʻjaligi sohasi rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan, tuproqshunoslik fanini rivojlantirish, ona tuprogʻimizni muhofaza etish, uning unumdorligini saqlash orqali qishloq xoʻjaligini yana-da rivojlantirish, oziq-ovqat havfizligini taʼminlashga bilimi, umrini sarflagan insonlardan biri edi.

Qoʻziyev Ramazon 1949-yil 26-iyul kunida Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida tavallud topgan. 1966-yilda Toshkent Davlat Universiteti Biologiya-tuproqshunoslik fakultetini 1971-yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

1973-1991-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida faoliyat yuritgan,

1991-1992-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi “Bosh yer nazorat” boshqarmasida ishlagan,

1996-yilning yanvar oyidan boshlab, u Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot davlat instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha muovini vazifasiga, 1999-yilda esa direktor lavozimiga tayinlangan,

2001-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan,

2005-yildan 2019-yilga qadar Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti direktori,

2020-yildan shu kunga qadar institutning Bosh ilmiy xodimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.